Sport | 21:14 / 19.08.2016
15211
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Behzod Abdurahmonov saralashdagi raqibi finalga chiqqani evaziga bronza uchun kurashadi

Rossiyalik kurashchi Aniuar Geduyev Rio olimpiadasida Erkin kurash bo‘yicha musobaqalar finaliga chiqdi.

74 kg vazn toifasidagi ushbu sportchi saralash bosqichida O‘zbekiston vakili Behzod Abdurahmonovni yenggandi. U finalgacha yetib borgani uchun o‘zbekistonlik sportchi bronza medal uchun kurash olib boradi.

Uning dastlabki raqibi amerikalik Jordan Ernest Barrouz bo‘ladi. Bu sportchi chorak finalda Geduyevga yutqazgandi.

O‘tish turniri bahslari Toshkent vaqti bilan soat 23:59dan keyin boshlanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid