Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulen: AQSh meni ekstraditsiya qilish uchun sabab topa olmaydi
Turkiya hukumati davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda gumon qilayotgan muxolif imom Fathulla Gulen AQSh Turkiya bergan hujjatlarda uning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga qonuniy asoslar topa olmaydi, deb aytdi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda.
"Amerika bunday noto‘g‘ri qaror qabul qiladi va jahon jamoatchilik fikri bilan hisoblashadi, deb o‘ylamayman. Bu agar AQSh balandparvoz tasdiqlar bilan aldansagina yuz berishi mumkin. Turkiya meni hibsga olishga so‘rov yuborgan, biroq mening manbalarimga ko‘ra, AQSh sudi uni rad etgan", deb aytdi Gulen telekanalga bergan intervyusida.
Gulen Turkiya tomonidan yuborilayotgan hujjatlarda unga nisbatan biror-bir asoslangan va yuridik jihatdan muhim ayblovlar yo‘qligini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025