Sport | 20:50 / 20.08.2016
7177
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik kurashchi Maxov Olimpiada musobaqalarining birinchi bosqichidan chiqib ketdi

Foto: © RIA

Rossiyalik kurashchi Bilol Maxov Rio Olimpiadasining erkin kurash bo‘yicha 125 kg vazn toifasidagi musobaqaning birinchi bosqichidanoq chiqib ketdi.

Saralash bosqichida Maxov ukrainalik Alen Zaseyevga yutqazdi.

Agar Zaseyev musobaqaning finaliga yetib borolsa, Maxov bronza medallari uchun o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid