Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya tarixda ilk marta Olimpiada chempioni bo‘ldi
Rio-de-Janeyroda Olimpiadasida futbol bo‘yicha turnir finalida Braziliya va Germaniya terma jamoalari uchrashdi. "Marakana" stadionida o‘tgan uchrashuv braziliyaliklarning o‘yindan keyingi penaltilar seriyasidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisobni 27-daqiqada mezbonlar yetakchisi Neymar jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etish orqali ochdi. Germaniya 59-daqiqada Maksimilian Mayyerning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha vaqtda gollar urilmadi va shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasini amalga oshirishga kirishdi. Futbol lotereyasida omad Braziliya terma jamoasiga kulib boqdi (5:4). Braziliyaliklar tarixda birinchi marotaba Olimpiadada g‘alaba qozondi.


Bronza medali uchun bahsda Nigeriya 3:2 hisobida Hondurasni mag‘lub etdi.
Braziliya U-23 – Germaniya U-23 1:1 (1:0, 0:1). Penaltilar bo‘yicha - 5:4
Gollar: 1:0 – 27 Neymar, 1:1 – 59 Mayyer.
Braziliya U-23 – Ueverton, Markinos, Duglas Santos, Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Uolas, Renato Augusto, Luan, Gabriel Jyezus (Rafinya, 95), Neymar, Gabriel (Felipe Anderson, 70).
Germaniya U-23 – Xorn, Ginter, Klostermann, Tolyan, Zyule, Mayyer, Bender, Brandt, Bender (Premel, 67), Gnabri, Zelke (Petersen, 76).
Ogohlantirishlar: Ze Karlos (30), Gabriel (44), Zelke (49), Premel (80), Bender (81), Zyule (89).
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025