Jahon | 18:18 / 21.08.2016
18478
1 daqiqa o‘qiladi

Gaziantepdagi terakt 12 va 14 yoshli bolalar tomonidan sodir etilgan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Gaziantepdagi to‘y marosimi vaqtida terakt sodir etgan xudkushlarning yoshi 12 va 14da bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

20 avgust kuni Turkiya janubida, Suriya bilan chegaradagi Gaziantep shahrida to‘y marosimi vaqtida portlash yuz berdi va 51 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlandi.

Turkiya hukumati bu terakt uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yukladi.

Mavzuga oid