Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi Burkina-Faso va Suriyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi
O‘zbekiston terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda navbatdagi yig‘inini boshladi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyaga qarshi JCh-2018 3-bosqich 1-tur o‘yiniga tayyorgarlik jarayoni doirasida 24 avgust kuni Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘zbeyekiston terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan mazkur o‘yinga avvalroq xabar berilganidek jami 24 nafarfutbolchini chaqirgan.
Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentga Suriya termaga qarshi saralashning ilk tur o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi. Xorijda to‘p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shiladilar.
Ta'kilash joiz, Burkina-Fasoga qarshi o‘yinga chiqarilgan chiptalar 20 avgustdan boshlab sotuvga chiqarildi. Mazkur chiptalarni o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston hamda Burkina-Faso terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 20:00ga belgilangan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
15:40 / 22.05.2025