Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
22-avgustdan e'tiboran AQSh va Janubiy Koreya keng qamrovli Ulji Freedom Guardian harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Unda, Koreya yarimorolidagi "favqulodda vaziyat" vujudga kelgudek bo‘lsa, KXDR yadro va harbiy inshootlariga zarba berish ko‘nikmasi hosil qilinadi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy o‘quv amaliyotlarida 25 ming amerikalik, 50 ming janubiy koreyalik askarlar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, unda Avstraliya, Kanada, Kolumbiya, Daniya, Fransiya, Italiya, Filippin, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya harbiy vakillari ham qatnashmoqda. O‘tgan yili shu kabi mashg‘ulotlarda AQShning 30 ming askari qatnashgan edi.
22-avgustdan 2-sentabrgacha davom etadigan bu yilgi Ulji Freedom Guardian mashg‘ulotlari KXDR hukumatining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Avval xabar qilinganidek, Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi vakili Koreya markaziy telegraf agentligi orqali bayonot berishicha, mabodo KXDR hududi, uning suv yoki havo kengliklari chegarasi buzilgidek bo‘lsa, shimoliy koreyalik harbiylar AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlariga preventiv zarba berishga tayyor.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025