OAV so‘rovnomasi: deyarli 60 foiz amerikalik Tramp va Klintondan birini tanlashni istamayapti
Yarim amerikalik (57 foiz) mamlakat prezidentlik saylovida Hillari Klinton va Donald Tramp nomzodidan birini tanlashga norozi bo‘lgan. Bu haqda ABC telekompaniyasi va Washington Post gazetalari hamkorlikda uyushtirgan so‘rovnoma natijasida ma'lum qilingan.
So‘rovda ishtirok etgan 35 foiz qatnashchi Tramp va Klinton o‘rniga boshqa nomzodga ovoz berish istagini bildirgan. So‘rov ishtirokchilari ular o‘rniga saylovlarda qatnashgan, so‘ngra poygadan chiqib ketgan demokrat Berni Sanders va respublikachi Ted Kruzlarga ovoz berishni istashgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, AQSh prezidentligiga ikki mustaqil nomzod - Geri Jonson va Jil Staynlar ham da'vo qilishmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Jonsonga 8 Staynga 4 foiz amerikalik ovoz bergan.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024