O‘zbekiston | 19:11 / 22.08.2016
8195
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston parlamentida Vetnam delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida mamlakatga tashrif buyurgan Vetnam Milliy majlisining Fan, texnologiyalar va atrof-muhit masalalari qo‘mitasining raisi Fan Suan Zung rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi. 

Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarning bugungi holati hamda istiqbollarini, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Vetnam delegatsiyasi a'zolari mamlakatimiz Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari va fraksiyalari faoliyati bilan tanishtirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, fan, ta'lim, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashuvini faollashtirishga oid masalalar muhokama qilindi. 

Vetnam parlamenti delegatsiyasi O‘zbekiston bilan parlamentarizm, ta'lim, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

 

Mavzuga oid