Jahon | 18:51 / 23.08.2016
5311
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden: AQSh Boltiq mamlakatlari mudofaasini ta'minlash majburiyatiga ega

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Boltiq mamlakatlari davlat rahbarlari bilan Rigada o‘tkazgan uchrashuvida, AQSh NATOning kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi shartnomasi beshinchi bandiga rioya etishini tasdiqladi. Bu haqda, Qo‘shma Shtatlarning Latviyadagi elchixonasi ma'lum qilgan. 

"Vitse-prezident Bayden Latviya, Litva va Estoniya prezidentlari bilan uchrashuvda AQShning NATO oldidagi va 5 bandni bajarish majburiyatini e'tirof etdi", — deyiladi elchixonaning Twitter sahifasida.

Avvalroq, AQShning Latviyadagi elchisi Nensi Bikof Petit LNT telekanalining "900 soniya" ko‘rsatuviga bergan intervyusida, Baydenning Latviyaga tashrifidan maqsad, Boltiq mamlakatlari xavfsizligi borasida aniq ishora berish ekanini ta'kidlagan edi. 
 

Mavzuga oid