Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada vabo xastaligi qayd etildi
Janubiy Koreya respublikasida so‘nggi 15 yilda ilk marotaba insonning vabo kasalligini yuqtirishi bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. Bu haqda, Yonxap agentligi Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tayangan holda xabar qilmoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, xastalangan kishining yoshi 59da bo‘lib, u xorijga chiqmagani aniqlangan. Shunga ko‘ra, vabo kasalligi manbasi respublikaning o‘zida ekani ma'lum bo‘lgan.
Agentlikning qayd etishicha, xolera tashxisi 22-avgust kuni tasdiqlangan, bu vaqtga kelib xastalangan bemor tuzalib, shifoxonani tark etishga tayyorligi aytilmoqda. Uning rafiqasi va ikki farzandining sog‘lig‘ida muammolar kuzatilmagan.
2001-yili ushbu respublikada 162 nafar kishiga vabo xastaligi tashxisi qo‘yilgan edi. Shundan beri, bu kasallikni yuqtirish holati qayd etilmagandi.
Ayni vaqtda, Janubiy Koreya shifokorlari vabo manbasini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Bemorning import qilingan mahsulotni iste'mol qilgan bo‘lishi taxmin qilinayotgan bo‘lsa-da, mahalliy oshxonalar ham gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025