Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes: YeIning Rossiya gaziga qaramligi davom etadi
Yevropa Rossiya gaziga qaram bo‘lishga barham berishni istagan edi, ammo rasmiy Anqara va Moskvaning yarashganidan so‘ng, bu davom etishi aniq bo‘ldi, deb fikr yuritadi Forbes.
"Rossiya va Turkiyaning do‘stona munosabatlarni tiklashi Yevropaning yaqin kelajakda Rossiya tabiiy gaziga ehtiyojini saqlab qoladi", — deb ta'kidlaydi maqola muallifi Ellen R. Uold.
Uning yodga olishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar, turk uchuvchisining Suriya osmonida Rossiyaning bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan so‘ng yomonlashgan edi. Bunga javoban, Rossiya bir qator keskin choralarni qo‘llagan, shu jumladan Turkiya orqali o‘tadigan 900-kmlik gaz quvurini barpo etishni muzlatgan edi.
Yevropa o‘z navbatida buni energiyaning boshqa manbalariga o‘tish va shu bilan Rossiya gaziga bo‘lgan qaramlikka barham berish uchun ajoyib imkoniyat sifatida qabul qildi.
Biroq, geosiyosiy vaziyat juda ham tez o‘zgarishini Rossiya va Turkiyaning yarashgani ham isbotlaydi. Qayta tiklangan ittifoq Moskvaga o‘z energetika rejalarini amalga oshirishda yordam berishi tayin.
Muallifning qayd etishicha, Yevropa energiyaning boshqa manbalari, xususan Amerikaning suyultirilgan gaziga o‘tish imkoniyatiga hozir ham ega. Biroq, Rossiya gaziga muqobil barcha manbalar qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
"Garchi Yevropa, Rossiyaning geosiyosiy ta'siridan qutilishni istagan taqdirda ham, uning qimmat bo‘lmagan tabiiy gaziga o‘rganib qolgan. Shu boisdan, Yevropa boshqalar kabi osongina qo‘lga kirayotgan mahsulotdan voz kecha olmaydi", — deya xulosa qiladi muallif.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025