Jahon | 23:23 / 24.08.2016
5194
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada mast erkak bankni portlatish bilan tahdid qilmoqda

Moskva markazida bir erkak "Sitibank" bo‘limini portlatish bilan tahdid qilmoqda. Gap bankning Bolshaya Nikitskaya ko‘chasida joylashgan bo‘limi haqida ketmoqda.

Guvohlarning aytishicha, 55-60 yoshlardagi erkak bankni portlatishini aytib baqirgan. Uning bo‘ynida skotch bilan o‘ralgan quti bor, undan simlar chiqib turibdi. Erkak shuningdek 4 kishini garovga olgan.

"U politsiya va muzokaralar olib boruvchini chaqirtirishni talab qilmoqda", deb aytildi xabarda. 

Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan. Ma'lum qilinishicha, erkak mast holatda bo‘lgan.

Shuningdek, erkakning shaxsi aniqlangan. U 1961 yilda tug‘ilgan Aram Petrosyan ismli tadbirkor bo‘lib, avval tibbiy vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, biroq kasodga uchragan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtga kelib erkak garovga olinganlardan ikki nafarini qo‘yib yuborgan va u bilan Moskva politsiyasi boshlig‘i Anatoliy Yakunin muzokaralar olib bormoqda.

Politsiyachilarning aytishicha, erkak bankni shturm qilishga oldindan tayyorlangan. U "portlovchi qurilmaga o‘xshash buyum" yasagan, ratsiya sotib olgan va kun bo‘yi bank ortidan kuzatuv olib borgan.

Erkak kasodga uchragani sababli jismoniy shaxslarning bankrotlik instituti yaratilishini talab qilmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid