Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 2016 yilning eng yaxshi va eng yomon mashinalari ro‘yxati e'lon qilindi
AQShning xalq iste'mol mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan Consumer Reports nashri 2016 yilning eng yaxshi va eng yomon mashinalari ro‘yxatini chop etdi. Reyting nashr muharrirlari ixtiyorida bo‘lgan 70 tadan ko‘proq mashinaning sinovdan o‘tkazilishi natijalariga ko‘ra tuzildi.
Nashr mutaxassislari 6 ta avtomobilni eng yaxshi mashinalar deb topishdi. Ular ikkita nemis modeli (Audi Q7 va BMW 7-Series), ikkita yapon modeli (Honda Civic va Toyota Prius), bitta koreys (Kia Optima) va bitta amerika modelidan (Lincoln MKX) iborat.
Ishonchni oqlay olmagan mashinalar 4 ta modeldan iborat bo‘ldi: bular Smart ForTwo, Chevrolet Spark, Nissan Sentra va Toyota Tacoma.
Nashr may oyida oxirgi avloddagi Toyota Prius nashr sinovdan o‘tkazgan barcha mashinalar ichida eng tejamkori ekanligini ma'lum qilgandi. Mutaxassislar mashinani sinovdan o‘tkazish vaqtida modelning yoqilg‘i sarfi 100 km yo‘lga 4,52 litrni tashkil qilishini o‘rnatishgan. Avvalgi rekord Honda Insight modeliga tegishli bo‘lgan, uning natijasi 100 km ga 4,61 litr yoqilg‘ini tashkil qilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025