Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada pitssani dronlar yordamida yetkazib berish bo‘yicha birinchi xizmat ishga tushiriladi
Avstraliyaning Domino’s Pizza kompaniyasi Yangi Zelandiyada pitssani dronlar yordamida yetkazib berish bo‘yicha birinchi xizmatni ishga tushirishini e'lon qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Sinovdan o‘tkazilishi bu yil Yangi Zelandiyada boshlanadigan loyiha AQShning yuklarni dronlar yordamida yetkazib berishga ixtisoslashgan Flirtey kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Domino’s o‘z mahsulotlarini shuningdek Avstriya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya va Germaniyada dronlar yordamida yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.
"Biz ikki kilogrammlik buyurtmani yetkazib berishda ikki tonnalik mashinadan foydalanishni doimo be'manilik deb hisoblardik", deb aytdi Domino’s rahbari Don Meyj. Uning aytishicha, dronlar yetkazib berishning boshqa usullari oldida ancha afzalliklarga ega, chunki yo‘lar bilan cheklanmagan va avtomobil oqimi bilan bog‘lanmagan.
Agentlikning ma'lum qilishicha, Yangi Zelandiya hukumati o‘tgan yili aviatsiya sohasida yangi qoidalar kiritgan bo‘lib, bu qoidalar dronlarni tijoriy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat beradi. Bundan tashqari, mamlakatda avtopilotda ishlovchi transport vositalarini qo‘llash qoidalari qayta ko‘rib chiqilgan.
Pitstsani dronlar yordamida yetkazib berish bo‘yicha birinchi yakka holatlar Hindistonning Mumbay shahrida amalga oshirilgan. Domino’s bu texnologiyani ommaviy yo‘lga qo‘yadigan dunyodagi birinchi kompaniya bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024