Fan-texnika | 11:07 / 25.08.2016
19385
2 daqiqa o‘qiladi

"AvtoVAZ" Moskva avtosalonida 6 ta yangi kontsept-kar namoyish qildi

"AvtoVAZ" 24 avgustda ochilgan Moskva xalqaro avtosalonida 6 ta yangi kontsept-kar, jumladan mutlaq yangi Lada X-Code modelini namoyish qildi. Taqdimotda korxona prezidenti Nikolya Mor va Lada dizayneri Stiv Mattin ishtirok etdi.

Lada X-Sode Concept modeli Lada modellar qatori kelgusida qanday rivojlantirilishini ko‘rsatishga va dizaynerlik g‘oyasini namoyish qilishga chorlangan. Mashina ko‘rgazma stendida yorqin yashil rangdagi kuzov va oq rangdagi tom bilan taqdim qilindi. Model dizayni X-Ray va Vesta uslubida yaratilgan.

"Avtomobil konsepsiyasida bir qator istiqbolli yechimlar, jumladan turbomotor va to‘liq privodli transmissiya, avtomobil tizimlarini smartfon yordamida boshqarishga, istiqbolda esa bulutli xizmatlardan foydalanish imkonini beradigan Lada Connect telematik platformasi qo‘llangan", deyilmoqda kompaniyada.

Stendda, shuningdek, Vesta va X-Ray avtomobillarining yo‘ltanlamas versiyalarining yangi kontseptlari, Lada Vesta SW Cross Concept modeli, Vesta va X-Ray’ning sport versiyalari namoyish qilindi.

Moskva shahridan Kun.uz muxbiri

Mavzuga oid