Sport | 18:37 / 25.08.2016
8518
1 daqiqa o‘qiladi

Gabor Kiray mavsumdagi eng zo‘r seyv muallifi deb topildi (Video)

Vengriya terma jamoasi darvozaboni Gabor Kiray 2015/16 yilgi mavsumning eng zo‘r seyvi muallif deb topildi. U 35 foiz ovoz to‘plagan holda g‘olib bo‘lgan. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar bergan.

Ushbu darvozabon bu seyvini Yevro-2016 doirasida Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinida bajargandi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Rossiya terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeyev (Angliya bilan o‘yinda) va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Buffon (Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda) egallagan. Ularning ikki ham muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovda 14 foizdan ovoz olishgan.

Kuchli o‘nlikda Lukash Fabianski, Manuel Noyyer, David Ospina, Ugo Loris (ikki marta), Kevin Trapp hamda «PSJ» yoshlar jamoasi darvozaboni Remi Desham nomlari bor.

Mavzuga oid