Sport | 23:25 / 25.08.2016
6255
2 daqiqa o‘qiladi

Isinbayeva Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi

Langarcho‘p bilan balandlikka sakrovchi rossiyalik sportchi, Riodagi Olimpiadaga qo‘yilmagan Yelena Isinbayeva sport faoliyatini qayta boshlashi va 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi mumkinligini aytdi. Sportchi bu haqda "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Misol uchun, ispaniyalik sportchi Rut Beytia 37 yoshida Rioda balandlikka sakrashda g‘olib bo‘ldi", deb aytdi Isinbayeva.

Sportchi bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni qachon qabul qilishi haqida aniqlik kiritmadi va hozircha u butun e'tiborini boshqa ishga qaratganini aytdi.

"Mening hayotim o‘zgardi. Tokiodagi Olimpiadaga yaqin u qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Qat'iyan "Yo‘q" deb aytmayman, biroq hech narsa ham va'da qilmayman", deb qo‘shimcha qildi Isinbayeva. 
 
Isinbayeva 19 avgustda sport faloyatini tugatishini ma'lum qilgandi. U 2004 va 2008 yillardagi Olimpiadalar oltin medali sohibasi hisoblanadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid