Jahon | 00:17 / 25.08.2016
7041
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada bankni qo‘lga olgan tadbirkor politsiyaga taslim bo‘ldi

Moskvada "Sitibank"ning bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan tadbirkor Aram Petrosyan politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligida ma'lum qilingan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Agentlik manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchida portlovchi qurilma bo‘lmagan. U bo‘yniga ilib olgan skotch bilan o‘ralgan quti tuz solingan mulyaj bo‘lib chiqqan.

Shuningdek, erkak garovda ushlab turgan barcha odamlar ozod qilingan.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid