Olimlar hayot kechirish mumkin bo‘lgan ekzosayyorani aniqlashdi
Astronomlar bizning Quyosh tizimiga yaqin sayyorani aniqlashdi. Gap, inson yashashi mumkin bo‘lgan Proksima B ekzosayyorasi haqida bormoqda. U, Proksima Tsentavra yulduzi atrofida aylanadi, deb ma'lum qilishgan olimlar Nature jurnalida e'lon qilingan maqolasida.
Londondagi Qirolicha Mariya Universiteti bir guruh olimlarining xulosalariga ko‘ra, Yerga bundan o‘xshash ekzosayyora yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.
"Xushxabar shundan iboratki, sayyora yaqin joylashgan. Biroq, uning fazodagi qo‘shnimiz ekani astronomlarning ushalgan orzusidir", - deb ta'kidlagan Ansgar Reyners.
"U, shu paytga qadar aniqlangan Yerga o‘xshash, ammo Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan sayyoralarning eng yaqini, balki kelajakda ochilishi mumkin bo‘lganlarning ichida ham yaqini bo‘lsa ajab emas. Chunki, Proksima Tsentavra yulduzi Quyosh tizimiga eng yaqin yulduz hisoblanadi. Shunga ko‘ra, uning atrofidagi sayyora ham Yerga eng yaqinidir", - deb izohlagan Anglada-Eskude.
Proksima B ekzosayyorasi Quyosh tizimidan atigi 4,2 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Boshqacha ifodalaganda, Quyosh bilan Yer o‘rtasidagi masofadan 266 ming marta uzoqroqda. Shu paytga qadar, bizga eng yaqin sayyoralar sifatida TRAPPIST-1 yulduzi atrofidagi sayyoralar hisoblanardi. Yerdan ulargacha bo‘lgan masofa esa 40 yorug‘lik yiliga tengdir.
Proksima B sayyoramiz vaznidan 1,3 marta og‘irroq bo‘lib, Yulduzi bilan oralig‘i Quyosh va Yer masofasining 5 foiziga teng. Shunga qaramay, Proksima Tsentavra Quyoshdan ancha sovuqroq bo‘lgani sababli, Proksima B sathida suyuq suv bo‘lishi ehtimol.
Olimlarning fikricha, sayyorada atmosfera ham bo‘lishi mumkin, chunki undagi havo harorati 30-40 daraja atrofida. Atmosfera bo‘lmaganida noldan 28,9-40 daraja past bo‘lar edi.
Biroq, Proksima Bga ijobiylari bilan birga salbiy omillar ham ta'sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, ultrabinafsha va radiatsion nurlar Yerdagidan 100 baravar kuchliroqdir.
Mavzuga oid
01:02 / 22.11.2024
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
23:55 / 12.09.2024