Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
.O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha go‘shalarida turli bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Nihol mukofoti sovrindorlari Adham Soliyev, Doston Ubaydullayev, estrada xonandasi Akbar Atamuhammedovlar O‘zbeknavo va Respublika Ma'naviyat targ‘ibot Markazi tashabbusi bilan shu kunlarda Surxondaryo viloyatidagi bir qator bayram tadbirlarida ishtirok etib, xalqimizga xursandchilik ulashishmoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek Denov va Sho‘rchi tumanlari aholisi ushbu bayram tadbirlaridan bir olam quvonch olishmoqda. Bunday tadbirlarning "Sog‘lom ona va bola" yilida o‘tkazilishi alohida diqqatga sazovordir, zero insonlarga yaxshi kayfiyat ulashish, ularning ko‘nglini ko‘tarish kabi ezgu amallar sog‘liqqa ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Prezidentimiz farmoni bilan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Akbar Atamuhamedov "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi. Xonandani ushbu yuksak mukofot bilan qutlab, ana shunday ezgu amallari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.





Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025