Jahon | 08:20 / 25.08.2016
5098
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kurdlar chekinmaguncha Suriyada harbiy operatsiya davom ettirilishini aytdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya va AQShning Suriyadagi harbiy operatsiyasi Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari o‘zlarining avvalgi Evfrot daryosi sohillaridagi pozitsiyalariga qaytmagunlaricha davom etishini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Uning aytishicha, agar Suriya prezidenti Bashar Asad mintaqada avj olayotgan ixtilofga e'tiborsizlik qilmaganda operatsiya amalga oshirilmagan bo‘lardi.

O‘z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an operatsiya IShID jangarilari va Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qaratilganini aytdi.

Avvalroq Turkiya armiyasi Suriya hududiga chegara yaqinidagi Jarablus shahrini jangarilardan ozod qilish uchun bostirib kirgani ma'lum qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid