Texnologii | 19:12 / 25.08.2016
5581
1 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi o‘n yadroli smartfonini namoyish etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi, hamyonbop smartfonini taqdim etdi. Redmi Note 4 telefonining o‘ziga xos jihati-uning 10 yadrolik protsessorga egaligida. 

Shunday qilib, Xiaomi Redmi Note 4 smartfoniga o‘n yadrolik MediaTek Helio X20 protsessori o‘rnatilgan. Shu bilan birga, qurilmaning operativ xotirasi  2 yoki 3 GB, ichki xotirasi 16 yoxud 32 GBlik bo‘ladi. Telefon Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. 

Smartfon korpusi temir parchasidan yasalgan bo‘lib, orqa qopqog‘ida barmoq izlarini skanlash tizimi mavjud. 5,5-dyuymli displey Full HD (1920x1080 piksel) tasvirlarni qo‘llaydi va 2,5D sensor oyna bilan himoyalangan. Mobil qurilma 4100 mAs quvvatli batareya va microSD xotira kartasi uchun joyga ega. 

Xiaomi Redmi Note 4 Xitoy bozorida 899 yuan (kichik modeli) va 1199 yuandan (katta modeli) sotiladi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid