Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik tadqiqotchilar oziq-ovqat bilan qo‘shib yeyiladigan qadoqni o‘ylab topishdi
Inson ba'zan biror bir mazali mahsulotni qadog‘i bilan qo‘shib yeb yuborgisi keladi - ko‘rinishi shu qadar ishtaha ochadiki, ko‘zingizni uzolmay qolasiz. Biroq bunday qilolmaysiz, chunki qadoqni yeb bo‘lmaydi,
Amerikalik tadqiqotchilar bu muammoni hal qilish yo‘lini topishdi - ular mahsulotning besh yuz karra uzoq vaqt saqlanishiga imkon beruvchi yangi qadoqni ishlab chiqishdi! Shunisi qiziqki, qadoqning o‘zini ham yeyish mumkin.
Qadoqni tayyorlash usuli oddiy - buning uchun sut va suvdan hosil bo‘ladigan kazein aralashtiriladi. Aralashmani tekis joyga qo‘yib, quritiladi. Hosil bo‘lgan tasmaga istagan narsangizni solib, saqlashingiz mumkin bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasida ma'lum bo‘ldiki, aralashmaga glitserin qo‘shish tasmani yanada yumshoq va elastik chiqishiga yordam berar ekan.
Mazali va foydali qadoq yaratuvchilarining ta'kidlashicha, sutli tasma bilan suli yormasini ham qadoqlash mumkin, agar unga shakar qo‘shilsa, suli yormasidan tayyorlangan yeguliklar yanada mazali chiqadi. Pitstsaning qog‘oz qutisini ham kazeinli qadoqqa almashtirsa bo‘ladi. Xullas, bunday mazali qadoqda istagan yeguligingizni saqlashingiz mumkin.
Yangi qadoq yaratuvchilari uni ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yishga hali vaqt bor, deb hisoblashmoqda, zero ixtironi sinovdan o‘tkazish ishlari hanuz davom etmoqda. Masalan, tadqiqotchilar qadoqlarni iste'moldan oldin yuvish kerakligi haqida o‘ylanishmoqda. Ana shu kabi muammolar hal qilinsa, do‘kon rastalarida mazali qadoqlangan mahsulotlarni ko‘rib qolsak ajab emas.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi
21:26 / 08.04.2025