Jahon | 15:19 / 26.08.2016
7641
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinalik sobiq general o‘n birinchi bor umrbod qamoq jazosiga tayinlandi 

Argentinaning Kordova shahri sudi sobiq general Lusiano Menendesga nisbatan harbiy diktatura vaqtida qotillik, odam o‘g‘irlash va siyosiy muxoliflarni qiynoqqa solganligi uchun umrbod qamoq jazosi tayinladi. Majlis Markazning saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatildi.

Umrbod qamoq jazosiga, shuningdek, harbiy to‘ntarish vaqtiga qadar norasmiy bo‘lgan “Amerika qutqaruvchilari guruhi”ga boshchilik qilgan Pedro Ektor Verges hamda uning hamrohi Ernesto Barreyrolar hukm qilingan. Diktatura vaqtida har ikki ham armiya safida xizmat qilishgan.

Har uch nafar mahbus “La-Perla” ishi bo‘yicha ayblangan va jazoga tortilgan. Sud mazkur ish boirasida 670 ta ozodlikdan noqonuniy mahrum etish,  655 ta qiynoq va 311 ta qotillik ishini ko‘rib chiqqan.

Bu 89 yoshli Menendes uchun o‘n birinchi bor ozodlikdan mahrum etish jazosidir. 2014 yilda u yepiskop Enrike Anjyelellining qotilligi buyurtmachisi sifatida ayblangan edi.

Mavzuga oid