Sport | 22:17 / 26.08.2016
23461
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyalik Olimpiya chempioni antiqa mukofot oldi
Rio Olimpiadasida erkaklar o‘rtasida langarcho‘p bilan balandlikka sakrash musobaqalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan braziliyalik Tiago da Silva o‘zining sobiq klubidan mukofot sifatida 1 kilogramm oltin oldi.
"Bu mukofot men uchun juda muhimdir, men faoliyatim davomida menga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men oltin medalni menga bebaho qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatgan muxlislar uchun yutdim", deb aytgan da Silva.
22 yoshli da Silva langarcho‘p bilan balandlikka sakrash bo‘yicha Braziliyaga birinchi oltin medalni keltirdi. U 6,03 metrga sakrab, shaxsiy va Olimpiada rekordini yangiladi.
Mavzuga oid
21:50 / 28.09.2024
Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘iga yangi jarima belgiladi
15:39 / 23.09.2024
Braziliyada daryolar qurib qoldi. Dahshatli qurg‘oqchilik sababi nimada?
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
15:10 / 21.09.2024