Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xaos va vayronagarchilik: Italiya shaharlari zilziladan oldin va keyin
25 avgust kuni Italiya hukumati zilziladan talofat yetgan joylarda favqulodda vaziyat joriy etilishi haqida e'lon qildi va shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 50 million yevro ajratdi. Vayronagarchiliklar markaziga aylangan shaharlarda qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi Italiyada avval 6 magnitudali asosiy yerosti silkinishi, keyin esa 5,4 magnitudali ikkinchi silkinish ro‘y berdi. Buning natijasida 250 kishi halok bo‘ldi, 360 nafardan ortig‘i turli jarohatlar olishdi.
Italiyaning madaniy meros va faoliyat vaziri Dario Francheskinining jurnalistlarga ma'lum qilishicha, tabiiy ofat 293 me'morchilik obidalariga ziyon yetkazgan - ulardan 50tasi butunlay yoki qisman vayron bo‘lgan.
Boredpanda portali Italiya aholi punktlarining vayron bo‘lgan ko‘chalari ko‘rinishining zilziladan oldingi va keyingi tasvirlarini solishtirdi.








































Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025