Jamiyat | 14:31 / 27.08.2016
40277
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar Merkuriyni portlatishni taklif qilishdi

Amerikaning PBS Space Time loyihasi ishtirokchilari Quyosh atrofida oynalar tizimini shakllantirish g‘oyasini ilgari surishdi. Bu tizim, Quyosh energiyasini insoniyat manfaatlari uchun to‘plashi lozim, deb yozmoqda Popular Mechanics.

Ya'ni loyiha mualliflari, Quyosh atrofida Dayson sferasini barpo etishga urinishmoqda. Albatta, buning uchun zarur bo‘lgan materialni fazoga yetkazishning o‘zi bo‘lmaydi. PBS Space Time esa, masalaning o‘ziga xos yechimini taklif etmoqda. Ular, shu maqsadda, Merkuriyni portlatishni taklif etishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Dayson sferasi (nazariyotchi-fizik Frimen Dayson loyihasi) nur taratuvchi yulduz atrofida yupqa, ammo katta radiusda sferik qobiqni hosil qilishni nazarda tutadi. 

Olimning fikricha, bu kabi inshoot markazda turgan yulduz energiyasidan maksimal darajada samarali foydalanish imkonini beradi. Daysonning hisoblariga ko‘ra, Quyosh atrofida shunday sferani hosil qilish uchun Yupiter kattaligidagi jism lozim bo‘ladi. 

Mavzuga oid