Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada avtobus haydovchilari boshqara oladigan svetofor paydo bo‘ladi
Moskvada avtobus haydovchilari boshqara oladigan svetofor paydo bo‘ladi. Bu haqda 26 avgustda "Tsentr organizatsii dorojnogo dvijyeniya" tashkiloti rahbari o‘rinbosari Artur Shaxbazyan ma'lum qildi.
Shaxbazyanning aytishicha, yangi svetofor 28 avgustdan boshlab ishlaydi. "Endi avtomobillar tunnel ortidan o‘tib, Znamenka ko‘chasi boshida Gogol xiyoboniga chiqadilar", deb aytdi Shaxbazyan. Uning tushuntirishicha, bu burilishda avtobus haydovchilari pult yordamida boshqaradigan svetofor o‘rnatilgan.
Bu burilishga faqatgina bir yo‘nalishdagi avtobuslar kira oladi.
Shaxbazyanning ta'kidlashicha, yangi svetofor joriy yil natijalariga ko‘ra "Moya ulitsa" dasturiga muvofiq burilish harakatini tashkillashtirish sohasidagi yagona o‘zgartirish bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025