Toshkent – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi poyezd Andijonga yetib keldi
Bugun Bobur yurti Andijonda katta bayram va tantana. Sababi, “Angren -Pop” elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi harakatga qo‘yildi. Vodiy aholisi uchun katta qulaylik tug‘dirgan ushbu voqea munosabati bilan yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘rkam va mahobatli Andijon temir yo‘l vokzalida ilk yo‘lovchi tashuvchi reysni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2013 yil 18 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi PQ-1985-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror asosida, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Uzunligi 123,2 kilometr bo‘lgan yangi temir yo‘l liniyasi va ushbu loyiha doirasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda uzunligi 19,2 kilometrlik «Qamchiq» tunneli bunyod etildi.
Mazkur temir yo‘l va Qamchiq tunneli foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 500 ming tonnadan ortiq yuklar Farg‘ona vodiysiga va vodiydan respublikaning boshqa hududlariga tashildi.
E'tiboringizga, ushbu tantanadan olingan fotoreportajni havola etamiz.
Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
21:05
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
09:30
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
12:20 / 28.09.2024