Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya o‘rtoqlik o‘yinida Tojikiston bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston terma jamoasining saralash bahslaridagi raqibi – Suriya o‘rtoqlik o‘yinida Tojikiston bilan durang o‘ynadi.
Jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Suriya terma jamoasi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini safarda Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob ochilmagan – 0:0. Avvalroq xabar berilganidek, saralashdagi raqib o‘yinini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston terma jamoasi texnik direktori Deyan Jurjyevich ham mazkur uchrashuvni stadionda bevosita kuzatgan. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Suriya terma jamoasi JCh-2018 3-saralash bosqichi ilk turida Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yin 1 sentabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda, Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham rasmiy o‘yinlar oldidan so‘nggi yig‘inini o‘tkazmoqda. Ayni damda Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘yindan oldingi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini 24 avgust kuni Toshkentda Burkina-Fasoga qarshi o‘tkazgan va 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
27 avgust. Xo‘jand, Tojikiston.
Tojikiston – Suriya 0:0.
Tojikiston: 1. Abdulaziz Maxkamov, 4. Eradj Radjabov, 12. Siyovush Asrorov, 6. Amirbek Jo‘raboyev, 14. Faridun Sharipov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 18. Fatxullo Fatxulloyev, 7. Umedjon Sharipov, 11. Nozim Bobodjonov, 5. Firuz Karayev, 21. Manuchexr Djalilov.
Zaxira: 38. Kurbonali Boboyev, 16. Bexruz Xayriyev, 3. Tabrezi Davlatmir, 19. Axtam Nazarov, 8. Oybek Abdugafforov, 17. Manuchexr Axmedov, 9. Muxammadjoni Xasan, 20. Romish Djalilov, 10. Djaxongir Ergashev, 22. Komil Saidov, 15. Farxod Toxirov, 23. Axtam Xamrokulov.
Suriya: 1. Almex Ibrohim, 5. Omro Al-Midani, 2. Axmad AlSolih, 11. Osama Omari, 20. Xaled Al-Mbayd, 3. Mouayd Aladjan, 4. Husayn Al-Jaid, 9. Nasux Nakdax, 8. Nodim Saboh, 6. Muhammad Zohir, 16. Hamid Mido.
Zaxira: 23. Axmad Madani, 22. Shaxer Al-Shakir, 15. AloAl-Shbli, 14. Ahmad Ashkar, 12. Tayer Krouma, 7. Muhammad Hamdku, 21. Amro Djyeniyat, 17. Yusuf Kalfa.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025