Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Suriya kurdlariga ultimatum qo‘ydi
Suriya kurdlari Frot daryosining sharqiy sohillaridan chekinmasa, Turkiya harbiylarining nishoniga aylanadi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li ma'lum qilgan.
U Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida Turkiyaning Suriya shimolidagi Jarablus hududida o‘tkazayotgan harbiy amaliyotdan asosiy maqsadi IShID jangarilarni yo‘q qilish ekanini ta'kidlagan.
"Frot qalqoni" amaliyotidan maqsad Jarablus va Afrinni IShID jangarilaridan tozalashdir. U yer biz tomonimizdan qo‘llab-quvvatlanayotgan arablarga tegishli. Ularga o‘z vatanlarini qaytarib berish kerak. Shuning uchun, kurdlarni bu amaliyot xavotirga solmoqda. Suriya xalq armiyasi Frotning sharqiy qirg‘og‘idan ketishi kerak. Ular AQShga shunday va'da qilishgandi. Agar ular so‘zlarida turishmasa, biz ularni nishonga olamiz", deya vazirning so‘zlarini keltiradi TASS.
Bundan oldinroq, kurdlar Turkiya artilleriyasi va Turkiya HHK samolyotlari Halab shimolidagi Jarablus shahri atrofidagi qishloqlarga zarbalar yo‘llagani haqida ma'lum qilgandi. Ular bu hujumlar oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lishgani haqida bildirishgan. O‘z navbatida rasmiy Anqara tinch aholi vakillariga hujum qilingani haqidagi xabarlarni inkor etgan.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024