Geynrix Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibga kiritildi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv uchun tarkibni ma'lum qildi. Bu haqda Tribuna.Uz sayti xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1 sentabr kuni saralashning uchinchi bosqichi dastlabki o‘yinlari doirasida Toshkentda Suriyani qabul qiladi. 6 sentabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)
Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jyeparov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog‘iston)
Mavzuga oid

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025