Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada avtomobil soyasi yo‘l chizig‘ini kesgani uchun jarima solindi
Moskvalik Yevgeniyning hikoya qilishicha, unga mashinasini soyasi bilan adashtirib, jarima to‘lov chekini yuborishgan. Yo‘l harakati qoidabuzarligini suratga oluvchi kamera taqdim etgan suratlarga «Govorit Moskva» radiostansiyasi e'tibor qaratgan.
“Menga jarima keldi. Bir ochib qaray-chi, nima ekan degan maqsadda, suratga tikildim, ammo tushuna olmadim. Ko‘rinishidan, kameralar mashinamiz soyasi huquqbuzarlik qilgani uchun ham bizlarni jarimaga tortishni xohlamoqda, shekilli. Qisqasi, shahar yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi saytiga kirib, jarimani qaytarib yubordim. Javobni kutayapman”, -degan Yevgeniy.
Suratning originali joylangan drive2.ru portali foydalanuvchilari Yevgeniyga hazil qilib, shaharda qoq tush vaqtida harakatlanishni tavsiya qilgan. Axir, bu vaqtda soya deyarli bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025