Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA 2018/19 yilgi mavsumdan YeChL o‘yinlari boshlanish vaqtini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi
UYeFA 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Yevropa chempionlar ligasi o‘yinlarining boshlanish vaqtini o‘zgartirish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Hozirgi tartibga ko‘ra YeChL bahslari O‘rta Yevropa vaqti bilan soat 20:45da (Toshkent vaqti bilan 00:45da) boshlanadi.
"UYeFA o‘yinlar vaqtini O‘rta Yevropa vaqti bilan soat 19:00 va 21:00ga (Toshkent vaqti bilan soat 23:00 va 01:00) belgilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Bu o‘zgarishlar futbol muxlislariga ko‘proq o‘yinlarni tomosha qilish imkoniyatini, turnir tashkilotchilariga esa teletranslyatsiyalar orqali yanada ko‘proq mablag‘ ishlab topish imkoniyatini beradi. Hozircha bu borada qaror qabul qilinmaydi. Barcha muhokamalar kelgusida o‘tkaziladi", deyilgan xabarda.
Yevropa ligasi o‘yinlari esa bir vaqtda 23:05da boshlanishi mumkin.
Bundan oldinroq, 2018-19 yilgi mavsumda YeChL formatiga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi, unga ko‘ra kelgusida Yevropadagi kuchli to‘rtlik chempionatlari uchun turnirning guruh bosqichida 4talik kvota ta'minlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, klublarga moliyaviy to‘lovlar oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi
19:18 / 29.01.2025