Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai kompaniyasining eng kichik xetchbeki yangi qiyofaga ega bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Hyundai avtogiganti o‘zining eng kichik — i10 xetchbekining yangilangan ko‘rinishini namoyish etdi. Restayling qilingan modelning rasmiy taqdimoti oktabr oyida Parij avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
Xetchbek yangilanganidan so‘ng, uning old va orqa bamperlari o‘zgargan, yangi yon moldinglar, diodli yoritqichlar va orqa chiroqlarga ega bo‘lgan. Unga shuningdek, yangi ko‘rinishdagi 14-dyuymli g‘ildirak disklari o‘rnatiladi.

Hyundai i10 multimedia tizimi ham yangilangan. U 7 dyuymli sensor ekran, navigator hamda Apple CarPlay va Android Auto integratsiya funksiyasiga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari, mitti xetchbek old to‘qnashuvdan ogohlantirish va harakat qatorini kuzatish tizimiga ega.

Hyundai i10ning kuch agregati o‘zgarishsiz qoldirilgan. Xetchbek 1,0 yoki 1,25 litrli benzinli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Ularning kuchi 66 — 87 ot kuchini tashkil etadi. Kuchsizroq motorga besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchlirog‘iga 4 bosqichli «avtomat» uzatmalar qutisi hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024