Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada IShIDning 3 nafar a'zosi qo‘lga olindi
Malayziya politsiyasi "IShID" terrorchi guruhining 3 nafar a'zosini qo‘lga oldi. Ular, 31-avgust kuni nishonlanadigan mamlakat Mustaqilligi kunida terrorchiliklarni amalga oshirishni rejalashtirgan, deb yozmoqda Star nashri.
Gazetaning yozishicha, savdo-ko‘ngilochar markazlari, politsiya uchastkalari va Selangor shtatidagi hindular ibodatxonasi terrorchilarning nishoni bo‘lishi kerak edi. Gumondorlar o‘zlarining g‘arazli niyatlarini o‘q otar qurollar va granatalardan foydalangan holda amalga oshirishni rejalashtirgan.
Ta'kidlanishicha, IShID a'zolari 27-29 avgust kunlari Paxang va Selangor shtatlarida hibsga olingan. Politsiya bosh inspektori Tan Sri Xalid Abu Bakarning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar gumonlanuvchi IShID jangarisi Muhammad Vandi Mohammad Jyedining ko‘rsatmalariga amal qilishgan.
"Ular, qo‘poruvchiliklarni amalga oshirgach, Suriyaga yo‘l olmoqchi bo‘lishgan", — degan politsiya vakili.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025