Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviatsiyasi Suriyada IShIDning ikkinchi raqamli yetakchisini yo‘q qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyaning Halab viloyatida Su-24 rusumli qiruvchi samolyot bergan aviazarba orqali IShIDning asosiy rahbarlaridan biri yo‘q qilinganini tasdiqladi.
"Halab yaqinidagi amaliyot natijasida yo‘q qilingan o‘nlab jangarilar orasida IShID dala qo‘mondoni, tashkilotning "OAV bilan ishlash bo‘yicha rasmiy vakili" Abu Muhammad al-Adnaniy ham bor", deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu qo‘mondon IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiydan keyingi ikkinchi raqamli yetakchisi hisoblanardi. U jangarilarni Yevropa va AQShda teraktlar sodir etishga chaqiriqlari bilan tanilgandi.
Bundan oldinroq AQSh tomoni ushbu jangari boshi uchun 5 mln dollar mukofot va'da qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
20:24 / 05.12.2024
Suriyadagi urush: yana bir yirik shahar isyonchilar qo‘liga o‘tdi
19:09 / 02.12.2024
Suriya: Halabda hukumat qo‘shinlari qolmadi, isyonchilar yurishi Rossiya aviazarbalari ostida davom etmoqda
18:37 / 01.12.2024