Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TINChLIK VA FAROVON HAYoT QADRI
Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi arafasida nurotalik Huroy momo Ergashevaning xonadoni har qachongidan ham gavjum. Prezidentimizning joriy yil 24 avgustdagi farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan 104 yoshli Huroy momoni mustaqillik bayrami bilan tabriklash va davlatimizning yuksak mukofotini topshirish uchun Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov bir guruh faollar hamrohligida ushbu xonadonga keldi.
Yoshi 104 da bo‘lsa-da, momo tetik, bardam, fikri teran. Gurunglarda bugungi farovon kunlar shukronasi, tinchligimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash zarurligi haqida so‘zlaydi.
Ikki o‘g‘il, ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan momo bugun 18 nevara, 22 chevara ardog‘ida yashamoqda.
– Eh-he, qancha-qancha odamlar bugungidek farovon va to‘kin kunlarni orzu qilib o‘tib ketdi. Yoshligimizda mabodo birov hali shunday-shunday kunlarda yashaysan, desa, men ham ishonmasdim, – deydi Huroy momo. – Yaratganga shukr, mustaqillik sharofati va Yurtboshimizning oqilona siyosati tufayli shu kunlarga yetdik. Bolalaru nevara-chevaralarning to‘kin, baxtli hayotidan go‘yo yasharib ketaman. Yutug‘idan sevinaman, ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi. Biz ko‘rgan qora kunlar ularning boshiga tushmasligini Yaratgandan so‘rayman. Davlatimiz rahbari bunday yuksak mukofot bilan taqdirlaganidan xursand bo‘ldim. Biz, keksalarga ko‘rsatayotgan ulkan e'tibori va g‘amxo‘rligidan minnatdormiz. Yurtimiz doimo tinch, hayotimiz to‘kin-sochin bo‘lsin.