Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya armiyasi kurdlarga qarshi jangovar amaliyotlarda muvaffaqiyat qozonmoqda
Turkiyaning YeI masalalari bo‘yicha vaziri Umar Chelikning so‘zlariga ko‘ra, suriyalik kurdlarning qurolli guruhlari Frot daryosining g‘arbiy sohillarini tark etgan, biroq, ularning barchasi ham hududni tashlab ketmagani bois, amaliyot tugatilmagan.
"Bugun berilgan bayonotlarda kurdlarning o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari Frot daryosining g‘arbiy sohilini tark etgani xabar qilingan. Ammo, ularning bir qismi qolgan. Bu manfaatlarga ziddir", — degan Chelik NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Turk armiyasi o‘tgan haftadan beri Suriya shimolidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlarni o‘tkazib kelmoqda.
29-avgust kuni Turkiya TIV kurdlarga ultimatum e'lon qilib, Frotdan sharqqa chekinishni talab qilgan edi. AQSh hukumati esa, Turkiyaning kurd kuchlariga zarbasini qoralab, bor e'tiborni IShIDga qarshi kurashga qaratishga chaqirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025