Boeing-787 Dreamliner samolyotlarining qaysi yo‘nalishlarda qatnashi ma'lum bo‘ldi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 5 sentabrdan yangi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
Boeing-787 Dreamliner ichki reyslarni bajarishda foydalaniladi.
5 sentabrdan samolyotlar Toshkent—Urganch—Buxoro—Toshkent va Toshkent—Nukus yo‘nalishida parvoz qiladi.
Ikki «Orzular layneri»ning birinchisi Toshkentga 31 avgust kuni tongida Sietldan (AQSh) uchib keldi.
Yaqin kunlarda ikkinchi laynerning ham yetkazib berilishi kutilmoqda.
Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli ikki motorli reaktiv yo‘lovchi samolyoti. Yo‘lovchilarning maksimal soni: 250 nafardan 330 nafargacha.
Boeing kompaniyasining ta'kidlashicha, Dreamliner avvalgi samolyotlarga qaraganda ancha tejamkor bo‘ladi. Boeing 787 bunday o‘lchamdagi ilk yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi, uning fyuzelyaji to‘liq kompozit materiallardan tayyorlangan.
Parvozlar jadvali bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Mavzuga oid
03:50 / 14.04.2019
“O‘zbekiston havo yo‘llari” navbatdagi Dreamlinerʼni qabul qildi
12:03 / 12.02.2019
Uzbekistan Airways va Boeing Dreamliner'lar shassisini almashtirish dasturi bo‘yicha kelishuvga erishdi
15:52 / 09.02.2019
O‘zbekistonning birinchi Drimlayneri Amsterdamdan qaytdi
21:15 / 18.01.2019