Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi eng katta yopiq parkni Shayx Muhammadning o‘zi rasman ochib berdi
BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum dunyodagi eng katta yopiq park bo‘lmish IMG Worlds of Adventure tekshiruvini shaxsan amalga oshirdi. UAE Inside nashri bu haqida ma'lum qildi.
Taxminan 1 milliard dollarlik qiymatga ega attraksionlar parki 1,5 million kvadrat fut maydonni egallagan, bu esa uni dunyoning eng katta yopiq attraksionlar parkiga aylantiradi.
Dubay amiri parkning rasmiy ochilishida shaxsan qatnashdi.
Dubayning turizm va ko‘ngilochar maskanlari safiga qo‘shiluvchi bu ulkan inshoot Shayx Muhammadga manzur bo‘ldi. Aynan shu sektorlar BAAning iqtisodiy taraqqiyotida yetakchi hisoblanadi.



Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025