Jahon | 19:06 / 01.09.2016
7008
1 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi majmuada Falcon 9 portlab ketdi

Floridaning Kanarevel burnidagi majmuada SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi portlab ketdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

NASA ma'lumotiga ko‘ra, bu vaqtda uchuvchisiz raketalar sinovi o‘tkazilayotgandi. Test 3 sentabr kungi uchirilishga tayyorgarlikning bir qismi edi. Raketa Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ilk sun'iy yo‘ldoshini kosmosga olib chiqishi kerak edi.

Hodisa sabablari o‘rgnanilmoqda.

19 avgust kuni AQShning United Launch Alliance kompaniyasi 19 avgust, juma kuni Kanaveral burnidagi kosmodromdan mamlakat harbiy-havo kuchlari ehtiyoji uchun ikki josuslik sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan Delta IV tashuvchi raketasini uchirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid