Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Matiz "pikap"ga aylantirildi
Ukrainalik tyuning ishqibozlari Daewoo Matiz avtomobilini pikapga aylantirishdi.
Daewoo Matiz allaqachon ishlab chiqarishdan olib tashlangan bo‘lsa-da, ba'zi bir shovvozlar haligacha modelga boshqacha ko‘rinish berishga harakat qilishmoqda. Bu gal ukrainalik mexaniklar uni pikap ko‘rinishiga keltirishga qaror qilishdi. Odatda, o‘z umrini yashab bo‘lgan yoki halokatga uchragan mashinalarni pikapga aylantirishadi.


Matiz’ning tomi va orqa eshiklaridan biriga talafot yetgach, mexaniklar unga gofrali po‘lat va rezinali qoplamga ega qo‘lda yasalgan kuzov panelini o‘rnatishdi. Orqa oyna esa haqiqiy pikapdan olingan. Old tomonda protektorga ega o‘zgacha faralar darhol ko‘zga tashlanadi. Faralar biror tyuning kompaniyasining mahsuloti bo‘lishi mumkin.

Shundan keyin birorta tirgakdan qolgan iz e'tiborni tortadi. Pikapning asosiy qismi sariq rangga bo‘yalgan, tom va reyling paneli esa qora rangda. Mexaniklar o‘zbekistonliklarga ham yaxshi tanish bo‘lgan ushbu mitti mashinani ajoyib tarzda restayling qilishgan.


Manba: Carzone.uz
Mavzuga oid
17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi
07:30 / 08.01.2025
Ahmad Donish ko‘chasida Lacetti va Matiz to‘qnashdi
10:03 / 06.12.2024
Toshkentda beton bordyurga borib urilgan Matiz yonib ketdi
09:16 / 06.11.2024