Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev yaqinida yuk mashinasi velosipedchilarni urib yubordi

Kiyev viloyatidagi Brovari degan joyda yuk mashinasi va 8 velosipedchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda feysbukda Ukraina yoshlar va sport vaziri Igor Jdanov.
"Brovarida mudhish fojia yuz berdi. Brovari jismoniy tarbiya oliy ta'lim muassasasida tahsil oluvchi bir guruh velosipedchilar yuk mashinasi tomonidan urib ketildi. Bir sportchi halok bo‘ldi, uch nafari shifoxonada qolmoqda", deb yozdi vazir.
Jdanovning aytishicha, u voqeani Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va Kiyev ma'muriyati raisi birinchi o‘rinbosari Lev Partsxaladze bilan muhokama qilgan.
"Mening topshirig‘im bilan voqea joyiga birinchi o‘rinbosarim Igor Gotsul ham jo‘nadi. Men bu ishning adolatli tergov qilinishi va aybdorlarning javobgarlikka tortilishini istayman", deb aytdi Jdanov.
Ukraina sport, ichki ishlar vazirliklari hamda Kiyev viloyati hukumati yo‘l-transport hodisasi tafsilotlarini tergov qilish uchun maxsus komissiya tuzdi.
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

07:50 / 31.10.2024