Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati 3 sentabr kuni Samarqand aeroporti yopilishini tasdiqladi
Samarqand aeroportida shanba kuni barcha parvozlar bekor qilinadi. Bu ma'lumot O‘zbekiston Davavianazorat tomonidan tasdiqlangan.
«AQSh fuqaro aviatsiyasi (FAA) boshqarmasining uchuvchilarga bergan xabarnomasi (NOTAM) ma'lumoti to‘g‘ri, Samarqand aeroporti 3 sentabr kuni yopiladi», — degan Davavianazorat vakili.
Bundan oldinroq AQSh fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi saytida Samarqanddagi aeroport ushbu sanaga belgilangan rasmiy parvozlardan tashqari barcha qo‘nuvchi va uchib ketuvchi samolyotlar uchun yopilishi, ushbu kunga belgilangan barcha ruxsatnomalar bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.
Mazkur cheklov shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00.01dan 3 sentabr kuni soat 23.59gacha amal qiladi.
Samarqand O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan shahar hisoblanadi. 3 sentabr kuni ushbu shaharda prezidentning dafn marosimi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:49 / 16.10.2024
Qirg‘iziston prezidenti qabristonda yodgorlik o‘rnatishni taqiqlashni tavsiya qildi
16:00 / 09.07.2024
Samarqand aeroportida yo‘lovchi tashish hajmi 2024 yilning birinchi yarmida qariyb 50 foizga oshgan
21:20 / 23.05.2024
Eron prezidenti qadrdon shahrida dafn etildi
18:30 / 02.01.2023