Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xanchjou aeroportida Obamaga trap keltirilmadi
Xitoy aeroportida AQSh prezidenti samolyotiga trap keltirilmadi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Amerika prezidentining tashrifi boshidanoq omadsiz kelgan. Obamaga trap keltirish yoddan ko‘tarilgandan keyin favqulodda holatlar uchun mo‘ljallangan eshikdan chiqishiga to‘g‘ri kelgan. Bunisi yetmagandek, uning poyiga qizil poyondoz ham to‘shalmagan.
Aeroportda Obamaning yordamchisi va Xitoy vakili o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan - u Obama bilan sayohat qilayotgan jurnalistlar sodir bo‘layotgan voqealarni yoritmasligini talab qilgan.
Shundan so‘ng Oq uy xodimi AQSh o‘z yetakchisi uchun qoidalarni o‘zi belgilab berishini ma'lum qilgan.
"Bu bizning yurtimiz! Bizning aeroportimiz!", - deya javob berdi unga javoban xitoylik amaldor.
Bundan tashqari, Xitoy vakili Obamaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Raysning yo‘lini to‘sgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025