Jahon | 21:46 / 05.09.2016
5202
1 daqiqa o‘qiladi

Yadroviy dastur bo‘yicha sobiq muzokarachi Eronning Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Besh yillik diplomatik aloqalardagi uzilishdan so‘ng avval eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokarachilar jamoasi tarkibiga kirgan Xamid Baidinejad Eronning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlandi.

Assoshieyted Press agentligi xabar berishicha, diplomat Britaniya TIV rahbari MID Boris Jonsonga ishonch yorlig‘ini topshirgan.
Buyuk Britaniyaning Erondagi elchisi avval muvaqqat ishlari vakili vazifalarini bajargan Nikolas Xopton bo‘ldi.

2011 yilda Tehrondagi Buyuk Britaniya elchixonasida Eronga qarshi g‘arb mamlakatlari tomonidan jazo choralarini qo‘llashga qarshi namoyishchilar hujumi tashkil qilinadi va shundan so‘ng elchixona o‘z ishini to‘xtadi. Ko‘p vaqt o‘tmay, Eron ham Londondagi diplomatik missiyalariga yakun yasaydi. Vakolatxonlarning ishi o‘tgan yili qaytadan yangilandi.
 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid