Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank krediti turkistonlik ayolning umriga zomin bo‘lishiga bir baxya qoldi
5 sentabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahri maktablaridan birining hovlisida 1959-yilda tug‘ilgan shahar fuqarosi o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan, deb xabar qilgan Otyrar.kz.
Yonayotgan ayolni qurshab olgan alanga maktab o‘quvchilari va xodimlari yordamida o‘chirilgan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar unga «3 darajali kuyish» tashxisini qo‘yishgan.
Asosiy taxminlarga ko‘ra, ayol bankdan olgan qarzini to‘lay olmagani uchun o‘zini yoqib yuborishga uringan. Surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025