Jahon | 11:56 / 05.09.2016
10556
2 daqiqa o‘qiladi

G20 sammiti arafasida Xanchjoudan 2 million kishi chiqib ketgan

Xitoyning Xanchjou shahrini (Sharqiy Xitoydagi, Chjetszyan viloyati ma'muriy markazi) G20 sammiti boshlanishi arafasida shahar aholisining 2 millionga yaqini tark etgan va mamlakatning boshqa shaharlariga yo‘l olgan yoki safarlarga jo‘nab ketgan. Bu ma'lumot Ctrip kompaniyasi (Xitoydagi yirik turoperatori) tomonidan keltirilgan.

Sayyohlarning 67 foizga yaqini ichki yo‘nalishlarni tanlagan. Ko‘pchilik shahar yaqinidagi hududlarga yo‘l oldi. Eng ommabop sayyohlik markazlari quyidagilar bo‘ldi: Sanya, Kunmin, Syamen, Litszyan, Guyyan, Chansha va Guylin shaharlari, Xuanshan (Anxoy viloyati), Tszyuchjaygou (Sichuan viloyati) va Chanbayshan (Tszilin viloyati) kabi tog‘lar.

Xanchjou shahri hukumati sammit vaqtida qator cheklovlarni joriy etgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan alohida hududlarga faqat maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan kishilar tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina qo‘yilmoqda.

"Shu tufayli shahar aholisining katta qismi sammit o‘tgunicha shahardan tashqariga chiqib turishga qaror qilgan", deyiladi Sinxua agentligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, G20 ("katta yigirmalik") – jahonning iqtisodiy va moliyaviy masalalari muhokama qilinadigan eng katta muzokaralar maydoni bo‘lib, jahonning eng iqtisodiy rivojlangan 20 mamlakatini o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu 20 mamlakat hisobiga dunyo YaIMining 85 foizi to‘g‘ri keladi. 2013 yilda G20 sammitiga Rossiya raislik qilgan edi. 2014 yilda – Avstraliya, 2015 yilda esa – Turkiya.   

Mavzuga oid